Savollar va javoblar

Ko‘p so‘raladigan savollar. Ro‘yxatda yo‘q savolni Telegramda yozsangiz, javob beramiz.

Boshlash

Qanday boshlanadi?
Kirasiz, mavzuni yozasiz va hujjatlaringizni biriktirasiz. Buyurtmani tasdiqlagach ish boshlanadi va uni ish stolida kuzatasiz.
Qanday fayllarni yuklash mumkin?
PDF, DOCX, PPTX, XLSX, matn va jadval fayllari, hamda rasmlar (PNG, JPG, WEBP, GIF).
Qaysi tillarda ishlaydi?
O‘zbekcha, qoraqalpoqcha, ruscha va inglizcha. Tilni buyurtma berishda tanlaysiz.

Natija va formatlar

Qanday fayllar chiqadi?
Brauzerda ochiladigan interaktiv HTML, chop etishga tayyor PDF va PowerPointda ochiladigan PPTX. Uchalasi bitta ishdan chiqadi.
Yuklab olish havolasi qancha turadi?
Yetti kun. Muddat tugasa, loyiha sahifasidan qayta yuklab olasiz.
Ishni boshqalarga qanday ko‘rsataman?
Loyihadan ulashish havolasini olasiz. Havolani ochgan odam ishni brauzerda ko‘radi, lekin tahrirlay olmaydi.
Natija yoqmasa nima qilaman?
Nima o‘zgarishi kerakligini yozasiz va Nashr o‘sha joyni qayta yig‘adi. Har bir paketda tahrirlar soni belgilangan.

To‘lov

To‘lov qanday amalga oshadi?
Hisobni Telegram bot orqali to‘ldirasiz va har bir buyurtma shu hisobdan yechiladi.
Ish xato bilan tugasa-chi?
Mablag‘ hisobingizga qaytariladi.

Batafsil: narxlar sahifasi

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing, odam javob beradi.